Belal Muhammad: "Xamzat Chimaev Jon Jonsni muammosiz yiqitdi"
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Belal Muhammadning fikricha, Xamzat Chimaev boshqa vaznga o‘tishi mumkin.
"Xamzat Nassuddin Imovov bilan jang qilishni istamaydi. Chunki Chimaev Chechenistondan, Nassuddin esa Dog‘istonlik. Shubhasiz, ular o‘rtasida ma’lum bir tarix bor. Biroq shu erda bir savol tug‘iladi: Xamzatning keyingi raqibi kim bo‘ladi? Yarim og‘ir divizionda darcha ochilishi mumkin, chunki Aleks Perreyra toifasini o‘zgartirmoqchi ekanini aytyapti. Agar shunday bo‘lsa, biz Chimaev va Irji Proxazka o‘rtasidagi to‘qnashuvni ko‘rishimiz mumkin. Bu juda tomoshabop bo‘lardi, deb o‘ylayman. Yana Xamzatning kurashi shu qadar zo‘rki, agar o‘zi xohlasa, og‘ir vaznga ham ko‘tarila oladi. Biz yaqinda uning Jon Jonsni hech qanday muammosiz yiqitganini ko‘rdik", - dedi Muhammad.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev "UFC 319" turnirida Drikus dyu Plessini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, o‘rta vaznda UFC chempioniga aylangandi.
Fikrlar