Belarus. Yaxshiboevning jamoasida g‘alaba, "Energetik-BGU"da mag‘lubiyat

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Belarus Oliy ligasida 29-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jasur Yaxshiboev faoliyat olib boradigan "Shaxtyor" jamoasi safarda "Rux"ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz maydonda 90 daqiqa to‘p tepdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Shaxtyor" hisobidagi ochkolar soni 56 taga etdi va peshqadam BATEdan 1 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Shahboz Umarov va Humoyunmirzo Iminovning "Energetik-BGU" klubi esa Minskning "Dinamo"sini qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Iminov 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi va sariq kartochka oldi. Umarov 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Oliy liga. 29-tur

"Energetik-BGU" - "Dinamo" Minsk 2:3

"Rux" - "Shaxtyor" 1:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!