Belbog‘li kurashchilarimiz BRIKS o‘yinlarida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS-2024 xalqaro o‘yinlarining bugungi dasturidan joy olgan koresh bellashuvlarida o‘zbekistonlik belbog‘li kurashchilarimiz oltita bronza va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bronza medal:
60 kg. Nodir Abdumalikov
75 kg. Nusrat Sultonboev
85 kg. Ilhom Mashrabov
100 kg. Zaylobiddin Ortiqov
130 kg. Ilyos Mirzamahmatov
+130 kg. Xislat Pirmatov.
Kumush medal:
65 kg. Doniyor Abdurahmonov
70 kg. Azizjon A’zamjonov
Bugun 22 iyun kuni polvonlarimiz to‘liq tarkib bilan belbog‘li kurash(borba na poyasax) bo‘yicha musobaqada ishtirok etadi.
Fikrlar