
"Bellator 244" turnirining prelim kardidagi janglar o‘z yakuniga etdi
Ayni daqiqalarda AQShning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida "Bellator 244" turniri davom etmoqda. Hozirgina ushbu turnirning prelim kardidagi janglar yakunlandi. Unda bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. Jumladan, rossiyalik engil vazn (70.3 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan Vladimir Tokov amerikalik Kris Gonsalesga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, tojikistonlik yarim engil vazn toifasida (65.77 kg) harakat qiladigan Salim Muhiddinov braziliyalik Ueber Almeydaga birinchi raundning o‘zidayoq texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi. Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan ukrainalik Yaroslav Amosov esa, amerikalik Mark Lemminjer bilan jang olib bordi. Birinchi raundda amerikalik jangchi jiddiy jarohat oldi va uning ikkinchi raundga chiqishiga ruxsat berilmadi. Natijada, dastlabki raunddagi faol harakati va katta ustunligi evaziga, qolaversa, yakuniy xulosadan keyin Amosov haqqoniy tarzda g‘alaba qozondi.
Quyida prelim karddan o‘rin olgan boshqa janglarning natijalari bilan tanishing:
Vladislav Porubchenko (Ukraina) - Jon De Jezus (AQSh) - ochkolar hisobiga Jezus g‘alaba qozondi.
Lukas Brennan ( AQSh)- Uill Smit (AQSh) - ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga Brennan g‘alaba qozondi.
Erik Peres (Meksika)- Josh Xill (Kanada) - ochkolar hisobiga Xill g‘olib chiqdi.
Adam Pikolloti (AQSh) - Sidney Autlou (AQSh) - ochkolar hisobiga Sidney zafar quchdi.
Fikrlar