
"Bellator” sobiq chempioni Ramzan Qodirovning Emelyanenkoni mag‘lub etishiga ishonmoqda
"Bellator” ning o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Aleksandr Shlemenko Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko o‘rtasida bo‘lajak jang borasida o‘z taxminlarini bildirdi.
“Rostini aytsam, ushbu jang bo‘lishi mumkinligiga menda shubha bor. Menimcha, bu shunchaki hazil. Agar, ularning janglari bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, u katta qiziqish uyg‘otadi. Bu juda katta shov-shuvli jang bo‘lardi.
Ramzan doimiy ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazsada, baribir Aleksandr professional sportchi. Lekin Ramzan Axmatovich hamda Emelyanenkoning birgalikda mashg‘ulotlar olib borishganini inobatga olsak, ular bir-birlarini yaxshi bilishadi. Shuning uchun, ikkalasida ham g‘alaba qozonish imkoniyati bor.
Ha, Aleksandr professional, ammo Ramzanning g‘alaba qozonish uchun juda ko‘p imkoniyatlari bor”, - dedi Shlemenko.
Fikrlar