Belotti safga qaytishga yaqin turibdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Torino” klubi prezidenti Urbano Kayro jamoa hujumchisi Andrea Belottining tiklanish jarayoni haqida gapirib o‘tdi.

“Yaqindagina Belotti tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Unda hammasi joyida. Bu esa uning tez orada safga qaytishini anglatadi.

Belotti - haqiqiy jangchi. Umid qilamanki yaqin fursatlar ichida bizda yaxshi yangilik paydo bo‘ladi”, - deydi Kayro Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Torino" A Seriyaning o‘tgan 9ta tur yakunlariga ko‘ra 13 ochko to‘plagan holda 10-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!