"Benfika" mutaxassislari "Bunyodkor" taklifiga ko‘ra Toshkentga tashrif buyurdi

  • 22 fevral, 2024, 18:12
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

So‘nggi yillarda “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish, tizimni xalqaro darajaga olib chiqish yo‘lida keng ko‘lamli va ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Zero, akademiya jamoaning ertasi, kelajagi hisoblanadi.

Kuni kecha “Bunyodkor” futbol klubining rasmiy taklifiga ko‘ra, Portugaliyaning “Benfika” jamoasi mutaxassislari Migel Reis va David Gomes poytaxtimizga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida avvalo “Bunyodkor” akademiyasi bilan yaqindan tanishgan portugaliyalik mehmonlarimiz dargohda yaratilgan sharoitlar, xususan, tabiiy-sun’iy maydonlar, basseyn, “trenajer zal”, tibbiy markaz, o‘quv-dam olish xonalariga yuqori baho berdi. Tanishuvdan so‘ng ikkala jamoa rasmiylari ishtirokida muzokara stoliga o‘tirdi. 

Ikkala jamoa rasmiylari ishtirokidagi uchrashuvda “Bunyodkor” va “Benfika” akademiyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Jumladan, bu hamkorlikka ko‘ra “Benfika” futbol akademiyasi o‘quv mashg‘ulot dasturini “Bunyodkor” akademiyasida qo‘llash, iste’dodli tarbiyalanuvchilarimizni Portugaliyaga jo‘natish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Tez orada ushbu hamkorlik bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi va “qaldirg‘ochlar”ning Evropa sari parvozi boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
23/02/2024 00:25
Bular Benfica bilan real madrid bilan barcelona bilan xamkorlik qilishadida Yana borib Vichlardan topib kelishadi undan kora...Srvena Zvezda Dinamo zagreb Partizan kopengagen bilan hamkorlik qil..shunda aytadigan gaplarin qiladigan ishlarga togri kelad