
Benzema “Barsa”dan chorlov olgandi...
Bugungi kunda “Real” etakchisi va asosiy to‘purariga aylangan Karim Benzema taqdir taqozosi bilan “Barselona”da porlashi ham mumkin edi.
2008 yili kataloniyaliklar sport direktori bo‘lib ishlagan Chiki Begirstayn “Lion”dan Karim Benzemani transfer qilishni rejalashtirgan edi. Biroq ispaniyalik mutaxassisga frantsiyalik futbolchining o‘zini tutishi yoqmagani bois bu rejasini amalga oshirmagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Karim Benzema Begirstayn bilan suhbat chog‘ida uning yuziga qarashni ham o‘ziga ep ko‘rmagan ekan. Shundan so‘ng, kataloniyaliklar vakili bu o‘yinchi “Barselona”ning yulduzli tarkibida o‘ziga joy ajarata olmaydi, degan xulosaga kelgan.
Keyin “Barselona” Zlatan Ibrohimovichni transfer qilgan bo‘lsa, Benzema bir yildan so‘ng “Real” safiga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar