"Benzema bunday darajaga chiqishini kutmagandim!"

  • 04.05.2022 21:07
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" sobiq yarim himoyachisi Guti Karim Benzemaning "Oltin to‘p"ni yutish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Anchelotti jamoaga kerakli xotirjamlikni bera oldi. Masalan, Kurtua madridliklarni bir necha marotaba qiyin vaziyatlardan olib chiqdi. Benzema dunyoning eng yaxshi hujumchisiga aylandi. Chempionlikni qo‘lga kiritish uchun butun jamoaning mehnati zarur.

Karim bunday darajaga chiqishini kutmagandim. U o‘rtacha darajada edi, ammo hozir unday emas. Bu holat "Real" Madrid uchun foydali bo‘ldi. Ronaldu ketgach, jamoaga gollar kerak edi va o‘sha paytda Benzema etakchilikni qo‘lga oldi",-deydi ispaniyalik havbek. 

34 yoshli hujumchi joriy mavsum "qaymoqranglilar" libosida 42 ta o‘yin o‘tkazib, shuncha marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan. Shuningdek, 13 bor sheriklari goliga hammualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!