Benzema "Espanol"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi

  • 09.03.2023 19:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionati doirasida "Espanol"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Joriy mavsumda muntazam ravishda jismoniy muammolarga duch kelayotgan 35 yoshli futbolchi ketma-ket ikkinchi kun mashg‘ulotlarda qatnashmayapti, deb xabar beradi "Marca" nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, Benzema kelasi hafta Chempionlar ligasidagi "Liverpul"ga qarshi va Ispaniya chempionatida "Barselona"ga qarshi o‘yinlarda yaxshi holatda bo‘ladi.

2022/2023 yilgi mavsumda frantsiyalik hujumchi "qirollik klubi" safida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 5 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" – "Espanol" uchrashuvi 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!