
Benzema jarohatdan tiklangan. Ammo u nega finalda o‘ynamaydi?
"Real" Madrid klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzemaning nima uchun Jahon chempionati finaliga tashrif buyurmagani ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, futbolchi bosh murabbiy Dide Desham va ayrim futbolchilar bilan yaxshi munosabatda emas.
"L'Équipe" nashrining xabar berishicha, Benzema va Desham har doim har xil fikrda bo‘lgan. Shuningdek, Karim "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganda Deshamni eslab o‘tmagani ham murabbiyga ma’qul kelmagan.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Benzema mundial boshida olgan jarohatidan forig‘ bo‘lgan. U finalda qatnashish huquqiga ega edi. Ammo hujumchi buni rad etgani aytilmoqda.
Fikrlar