Benzema jarohati sabab muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi

  • 6 dekabr, 2021, 18:37
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 16-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi bahsda "qirolllik klubi futbolchisi Karim Benzema jarohat olgandi. 

Dushanba kuni 33 yoshli frantsiyalik tekshiruvdan o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, uning son mushaklariga jiddiy zarar etmagan. 

Karim bir haftacha maydonga tusha olmaydi. U 7 dekabr kuni Evropa chempionlar ligasi doirasida "Inter"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi aniq. Shuningdek, Benzemaning 12 dekabr kuni "Atletiko"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi ham so‘roq ostida. 

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli forvard joriy mavsum Ispaniya chempionatida 15 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golga hammualiflik qildi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
06/12/2021 19:06
Exxx tuzalsinda nasip karim tuzaling teztez farnsiyalik xuchumchi zur ketaypti realda