Benzema "Man Siti"ga qarshi reja qanday ekanligini aytdi

  • 24 fevral, 2020, 01:32
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Karim Benzema Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi bahs oldidan berilgan savollarga javob berdi.

Tecno

- "Manchester Siti" haqida nima deya olasiz?

- "Siti" haqida nima deyishim mumkin, bu juda yaxshi murabbiyga ega bo‘lgan yaxshi jamoa! Bu jamoa to‘pni nazorat qiladi va ko‘p, ko‘p uzatmalarni amalga oshirishdan qo‘rqmaydi. Teng kuchli o‘yin bo‘ladi.

- Sizlarda qandaydur alohida reja bo‘ladimi?

- Yo‘q. Bizni rejamiz g‘alaba qozonish, doim g‘alaba qozonish. Biz o‘zimiz haqimizda o‘ylaymiz. Albatta, raqibimizni kuzatamiz, o‘rganamiz, ammo faqat o‘zimiz haqimizda o‘ylaymiz," - dedi Benzema.

Eslatib o‘tamiz, "Real" 26 fevral kuni "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухарский
24/02/2020 01:37
Eden Azar jarohat olgani bekor bo'ldi, juda qiyin bo'ladi. kerakli vaqtda shunday muammo