Benzema "Real"dan ketadi. Borar manzili ma’lum
Joriy mavsum yakunlanganidan keyin “Real”ning asosiy to‘purari Karim Benzema yurtiga qaytib ketishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, 33 yoshli frantsiyalik hujumchi Frantsiyaga qaytib, professional faoliyatini qadrdon jamoasi “Lion”da yakunlashga qaror qilgan.
Karim katta futbolga aynan “Lion”da qadam qo‘ygan. 2009 yilda mohir to‘purar “Real”ga ko‘chib o‘tdi. Benzema joriy mavsumda ham ishonchli o‘yin namoyish qilmoqda. U Ispaniya chempionatida 18 ta uchrashuvda 10 ta gol urib, beshta golli pas uzatdi.



Fikrlar