Benzema Ronaldu va Messi gegemonligiga chek qo‘ydi

  • 22.12.2020 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” hujumchisi Karim Benzema 2019-2020 yilgi Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

- Men uchun bu sovrin ko‘p narsadan dalolat beradi va unga ega chiqqanimdan baxtiyorman. Messi va Ronaldu faoliyati davomida juda ko‘p sovrinlar sohibi bo‘lgan va bu gal men ularni ortda qoldira olganimdan faxrlanaman, - dedi Benzema.

Ta’kidlash joizki, 2009 yildan beri Ispaniya chempionatida mavsum yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchi sovriniga faqat Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ega chiqqan.

Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin “Qirollik klubi” etakchisiga aylangan Benzema bu ikki buyuk futbolchi gegemonligiga barham berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!