Benzema shaxsiy rekordini yangilay oladimi?
"Real" Madrid hujumchisi Karim Benzema yakunlanib borayotgan 2021 yilda o‘z hisobiga 46 ta o‘yinda 35 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Opta statistik portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu 33 yoshli frantsiyalik futbolchining bir kalendar yili davomida kiritgan gollari bo‘yicha shaxsiy rekordi hisoblanadi. Benzema bundan avval 2019 yilda ham raqib darvozasiga 35 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Aytish kerakki, Benzemada ushbu rekordini yanada yaxshilash imkoniyati mavjud. Yil yakuniga qadar unda 5 ta o‘yinda ishtirok etish imkoniyati bor.

Fikrlar