Benzemada hammasi kutilganidek kechmayapti
“Real” hujumchisi Karim Benzema hali ham jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgani yo‘q.
AS nashri tarqatgan xabar berishicha, rejaga ko‘ra frantsiyalik futbolchi bugundan boshlab umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kerak edi. Ammo u o‘zida biroz og‘riq alomatlarini his qilayotgani tufayli yana yakka tartibda shug‘ullanishni davom ettirmoqda.
“Real” muxlislari uchun xushxabar ham bor. Jamoa sardori Serxio Ramos jarohatidan sog‘aydi va katta ehtimol bilan 13 mart kuni “Elche”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda jamoasiga yordam bera oladi.

Fikrlar