Benzemaning gollari 250 ta bo‘ldi

La Liganing 5-turida "Real" va "Levante" o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda "Qirollik klubi" 2:0 hisobida zafar quchdi.

"Qaymoqranglilar"ning ikkinchi goliga so‘nggi daqiqalarda Karim Benzema mualliflik qildi. Bu frantsiyalik hujumchining La Liga joriy mavsumidagi birinchi goli edi.

Shu tariqa, 32 yoshli forvard "Real" tarkibidagi umumiy gollari sonini ham 250 taga etkazib oldi. Bungacha, Madrid klubi safida 4 ta futbolchi ushbu natijaga erishgan edi.

Avval, Santilyana (290 gol), Alfredo Di Stefano (308), Raul (323) va Krishtianu Ronaldu (450) bu dovonni zabt etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!