Bernardu Silva bo‘yicha yangi ma’lumot paydo bo‘ldi

  • 10.06.2026 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silvaning keyingi mavsumda qaerda o‘ynashi mumkinligi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, futbolchiga Madridda yashash g‘oyasi juda ma’qul kelgan va u "Atletiko" sharafini himoya qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, "matraschilar" transferni amalga oshirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda va futbolchining agenti bilan doimiy muloqotda, manfaatdor tomonlarni ishontirishga urinib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Bernardu Silva shartnomasi yakunlanishi bilan «"Manchester Siti"ni tark etadi. Shu bois u Madrid klubiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin. U 2017 yildan buyon "shaharliklar" safida to‘p surib kelayotgan edi. Silva "Monako"dan 50 million yevro evaziga olib kelingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!