
Beyl: O‘z muxlislaring senga hushtakbozlik qilishi noto‘g‘ri
Madridning “Real” klubi vingeri Garet Beyl muxlislarning hushtakbozlik qilishi noto‘g‘ri ekanini aytdi.
“Muxlislaring senga bunday munosabatda bo‘lishi, bu umuman kutilmagan holat. Agar tanqidlar yomon o‘ynayotgan yoki tanaffusgacha 2 ta gol o‘tkazib yuborgan jamoaga nisbatan qilinsa, buni to‘g‘ri tushunardim. Lekin, o‘z futbolchisiga nisbatan hushtakbozlik qilinishi, bu noto‘g‘ri.
Yomon o‘yindan so‘ng muxlislar seni qo‘llab-quvvatlashini xohlaysan. Hushtakbozlik esa sening ruhiyatingni yanada tushirib yuboradi. Sen yanada yomonroq o‘ynay boshlaysan va muxlislar yanada qatiqqroq baqirishni boshlaydi. Bu orqali ular asosan o‘zlariga zarar etkazishadi. Menimcha bu narsalar bari befoyda”, - deydi uelslik futbolchi.
Fikrlar