Beyl qaysi jamoaga borishi ma’lum bo‘ldi

  • 19 may, 2022, 15:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Garet Beyl mavsum yakunlanishi bilan Madridni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan masala.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, uelslik futbolchi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelgan. Beyl uchinchi bor “Tottenxem”da to‘p tepishni rejalashtiryapti.

“Sautgempton” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan hujumkor futbolchi 2007 yili “Tottenxem”ga o‘tib, bu jamoada besh yilda yulduz darajasiga ko‘tarilgan. 2013 yili “Real” uni rekord darajadagi summa – 101 million evroga sotib olgandi.

Beyl orada Madriddagi ishlari yurishmay qolganida, ya’ni o‘tgan mavsumda ijara asosida “Tottenxem”ga qaytib borgandi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostida ham Beylning ishlari yurishmadi. U barcha turnirlarda ettita o‘yinda bitta gol urdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!