Beyl Uels terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Xitoyda "China Cup" xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Uning birinchi o‘yinida Xitoy hamda Uels terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.
Mazkur o‘yinda Rayan Giggz shogirdlari raqiblari darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritishdi. Ushbu o‘yinda Garet Beyl xet-trik muallifiga aylandi.
Bu "Real" hujumchisi uchun Uels safidagi ilk xet-trigi bo‘ldi. Shu tariqa, Beyl Uels terma jamaosi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. U bugun 27, 28 va 29-gollarini kiritib, Ian Rashning natijasidan o‘zib ketishga erishdi.

Fikrlar