
Bilasizmi? PSJ futbolchilari JCh-2018da hammadan ko‘p gol urishmoqda
Frantsiyaning PSJ klubi futbolchilari ayni damda Rossiya yashil maydonlarida davom etayotgan JCh-2018 musobaqalarida gol kiritish bo‘yicha etakchilik qilishmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra mundialning ortda qolgan 19 kunida PSJ futbolchilari raqiblari darvozasiga umumiy hisobda 11ta gol urishgan. Bu borada hisobida 3tadan gol mavjud bo‘lgan Kilian Mbappe va Edinson Kavanilar etakchilar qilishmoqda. Hozircha 2ta gol kiritishga erishgan Neymar esa ikkinchi o‘rinda bormoqda. Shuningdek, Gjegoja Grixovyak, Anxel Di Mariya hamda Tiago Silvalar hisobida ham bittadan gol bor.
Fikrlar