Bir qancha jangchilar UFC ro‘yxatidan chiqarildi

  • 15 mart, 2024, 17:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bir necha kun avval X ijtimoiy tarmog‘ining UFC Poster Tracker akkountida  UFC ni tark etgan jangchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

Denis Bonder, Maykl Breden, Ferni Garsiya, Luis Saldana, Daniel Layserda, Matey Mendonkka, Tayson Pedro va Jeymi Piket ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, mazkur ro‘yxatga kiritilish har doim ham UFC dan butunlay chetlatilganlikni anglatmaydi. Aksincha, jangchilarning UFC bilan shartnomasi tugagan va hali yangi shartnoma imzolashga ulgurishmaganini ham bildiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!