Bir yulduz “Real”dan ketadigan bo‘ldi
Frantsiyalik universal yarim himoyachi Eduardo Kamavinga joriy mavsum yakunlangandan keyin “Real”ni tark etishi mumkinligi aytilmoqda.
Bu haqida insayder Matteo Moretto ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, Kamavinga jamoada tegib bo'lmas futbolchi maqomiga ega emas. Angliya klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Madrid klubi hozircha aniq transfer narxini belgilamagan, ammo futbolchini 50 million evrodan arzonga sotmasligi aniqyu
Joriy mavsumda Kamavinga La Ligada 19 ta o'yinda ishtirok etib, bir gol urgan.
Uning madriddliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 50 million evro, deb baholamoqda.
Fikrlar