Bir yulduzga to‘rt klubdan chorlov bo‘ldi

  • 28.05.2024 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ni uzoq vaqtdan beri boshqarib kelayotgan Yurgen Klopp jamoani tark etgani  va uning o‘rniga boshqa murabby tayinlangani tarkibda jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. 

Germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘ynagan bir necha futbolchilar ham jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan.

Erkin agentga aylanish arafasida turgan Tyago Alkantaraga Ispaniya chempionatidan takliflar kela boshladi.

Todofichajes nashrining yozishicha, tajribali yarim himoyachini “Jirona”, “Selta”, “Real Sosedad” va “Betis” o‘z safiga chorlamoqda.

33 yoshli futbolchi “Liverpul”ga 2020 yili olib kelingan edi. Ungacha mohir o‘yinchi “Barselona” va “Bavariya” kabi qudratli klublarda to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!