
Birinchi davraning so‘nggi o‘yini, yoxud yana kimdirlarning so‘nggi o‘yini haqida!
Xabaringiz bor, bugun Superligada birinchi davra yakunlanadi. 15-turni bugun Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" stadionida boladigan "Neftchi"- "Xorazm" bahsi tugatib beradi.
O‘yin atrofi va murabbiy taqdiri
Bu ikkala jamoa uchun ham juda muhim bahs hisoblanadi. Ayniqsa, farg‘onaliklar bu bellashuvdagi g‘alaba evaziga davrani 2-pogonada yakunlash imkoniga ham egalar. Ubu deyapmizku, agar "Neftchi" bugun yutadigan bo‘lsa, "quloqlari qizarib ketgan" Vitaliy Levchenko jamoasi bilan davrani yaxshi o‘tkazdik, deb aytishi mumkin. Chunki mavsum oldidan chempionlik maqsadi qo‘yilgan klub bugungi g‘alaba evaziga peshqadamdan 3 ochkolik farq bilan ortda qoladi, xolos. Aksincha bo‘lgan taqdirda, bu murabbiyning klubdagi oxirgi bahsiga aylanish ehtimoli katta.
"Xorazm" uchun ham muhim uchrashuv
"Xorazm" esa bugungi ijobiy natija sabab davrani 10 likda yakunlashi mumkin. Salbiy natija esa klubni 13 pog‘onada qoldiradi. Pro ligadan qo‘shimcha kvota evaziga Oliy ligaga chiqqan jamoa uchun birinchi davrani 10-o‘rinda tugatish normal natija sanaladi. Ana shu normal natijani qayd etish uchun ham, xorazmliklar bor kuchlari bilan g‘alabaga intiladilar.
Statistika
O‘zaro 16 o‘yin o‘tkazilgan. "Nefchi"da 12 g‘alaba , 1 g‘alaba "Xorazm"da 3 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 54-11 Farg‘ona klubi foydasiga. Vodiydagi oxirgi 5 bahsda faqat " Neftchi" yutuqqa erishgan. To‘plar nisbati ham qo‘rqinchli darajada : 15-0.
Maydonga kiramiz.
"Neftchi"ga o‘yinda ham, natijalarda ham barqarorlik etishmayapti. Levchenko shogirdlari bugun yutgan taqdirda, 2-o‘ringa chiqib olishi mumkin. Lekin, jamoada ketma-ket 3-4 o‘yinlik galabali seriya topa olmaymiz. Xuddi shunday, uslub va taktikada ham turli o‘zgarishlar ko‘payib ketmoqda. Shu sababli, biz haligacha "Neftchi" qanday uslubda o‘ynashini bilib olganimiz yo‘q. Murabbiy ham taktikalarni o‘zgartirish orqali nimadir qilishga urinmoqda. Mavsum avvalida 3 talik himoyani qo‘llagan Vitaliy Levchenko davra oxirida ham shu taktikadan voz kechgani yo‘q.
Hakim Fuzaylov shogirdlari esa etakchilarga qarshi ancha muammo tug‘dirishmoqda. Masalan, jamoa karvonboshi "Nasaf"dan ochko tortib olgandi. "Paxtakor" va " Navbahor" klublari ham "Xorazm" bilan bahslarda ancha qiynalishgandi. Fuzaylov jamoada o‘tkir qarshi hujumlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya oldi. Shu orqali, jamoa liderlarning "bosh ogrigi"ga aylandi.
Nuqta
Qisqa qilib aytganda, kechagi uchrashuvlardan kam bo‘lmagan bahs guvohiga aylanishimizga umid qilamiz. "Xorazm" fargonaliklarni ham qiynab qo‘ysa kerak. Lekin, "Neftchi" murabbiyi uchun o‘tgan turda g‘alaba qozongandi. Bu turda ham ulardan murabbiy albatta g‘alabaga umid qiladi. Shundagina, jamoa ustozining murabbiylik "staji" davom etish imkoniyati bor.
Eslatib otamiz, "Neftchi" - "Xorazm" bahsi 20:00 da "Istiqlol" stadionida start oladi. Uchrashuvga MTRK vodiydagi KTSlardan jo‘natish imkonini topa olsa, uchrashuv FUTBOL TV telekanalida namoyish etiladi. Imkon topilmay qolish mumkinligini ham ko‘rdik. Agar shunday holat kuzatilgan taqdirda, telefonda bo‘lsa ham bellashuvni olib berishlariga umid qilamiz.
Yahyoxon G‘aniev
Fikrlar