Birinchi marta o‘tkazilgan para qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

  • 7 iyul, 2022, 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun para qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida tashkil etilgan ilk mamlakat chempionatida 50 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi departament direktorlari – N. Xudayqulov hamda M.Alimov ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Quyida O‘zbekiston chempionatining sovrinli o‘rinlarini egallagan sportchilar bilan tanishtirib o‘tamiz:

Erkaklar

1-o‘rin - Q.Suvonov
2-o‘rin - D.Davronov
3-o‘rin - M.Mutallimov

Ayollar

1-o‘rin - A. Nuriddinova
2-o‘rin - S. Kodirova
3-o‘rin - M. Norxonova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!