
Birinchi seriyada "Uorriorz" g‘alaba qildi
Milliy basketbol assotsiatsiyasining muntazam chempionatida mintaqalar finalining birinchi bahsi yakunlandi. Xabar berganimizdek, ushbu bosqichda "Golden Steyt Urriorz" va "Klivlend Kavalerz" to‘qnash keldi.
Bahs shu qadar qiziq kechdiki, asosiy vaqtda g‘olib nomini aniqlashning iloji bo‘lmadi. 4 chorakdan keyin hisob 107:107 ko‘rinishiga keldi. Over-taymda maydon egalarining qo‘li baland kelib, ilk bahsni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi. Yakuniy hisob – 124:114. Bahs davomida Leybron Jeyms 51 ochko jamg‘arib, eng sermahsul o‘yinchi bo‘ldi.
Fikrlar