Bitta imzo bilan 180 million evro olasan!

  • 10.04.2022 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” asosiy hujumchisi Kilian Mbappeni saqlab qolish uchun o‘ta katta xarajatlarga tayyorligini yana bir bor namoyish qildi.

Hozir 23 yoshli futbolchi jamoa tanlashda ikkilanib turibdi. Bir necha oy oldin Parijdan aniq ketishi aytilgan Mbappe ayni paytda klubda qolishga moyilligini bildirmoqda.

Mohir to‘purar qo‘ldan chiqib ketmasligi uchun PSJ xo‘jayinlari ajoyib taklif bildirdi. Unga ko‘ra, Kilian yangi shartnomani imzolasa, unga bonus sifatida 180 million evro to‘lanadi.

Bundan tashqari, Mbappe har mavsum uchun kamida 25 million evrodan maosh ola boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!