
Biz Keynga ketadigan pulga bir guruh futbolchi olamiz!
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn transferidan voz kechdi.
Bunga londonliklarning o‘z to‘purarini ortiqcha baholab yuborgani sabab bo‘lmoqda. “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi klubdan ketmoqchi bo‘layotgan hujumchini olmoqchi bo‘layotgan klublardan 150-200 million funt talab qilmoqda.
“Manchester Yunayted” bir futbolchi uchun katta mablag‘ sarflagandan ko‘ra, boshqa bir necha pozitsiyalarni kuchaytirishni ma’qul topdi.
Ayni paytda ushbu klub Deklan Rays, Renatu Sanshesh, Jyul Kunde, Rafael Varana, Pau Torres va Eduardo Kamavinga transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.
Fikrlar