Biz “Manchester Siti”ga e’tibor bermaymiz

  • 22.12.2025 21:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” ustozi Mikel Arteta uning jamoasi eng yaqin ta’qibchi – “Manchester Siti” natijalariga e’tibor bermayotganini aytdi.

Tecno

Artetaning so‘zlariga ko‘ra, “Siti” chempionlik uchun kurashda “Arsenal”ni bosim ostida qoldira olmaydi, chunki “kanonirlar” bor e’tiborni o‘zlarining natijalariga qaratishgan.

- Siti” g‘alabasi haqida nima deyishim mumkin? Biz bunga e’tibor bermaymiz. Bilaman, siz jurnalistlar e’tibor berasiz.

Biz faqat o‘z natijalarimizni, o‘yinimizni nazorat qila olamiz va mavsum qanchalik uzoq davom etishini hamda bu liga qanchalik qiyinligini bilamiz.

Bori shu. Har bir kundan zavqlanish kerak. Qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz, keyin nimaga erishishimizni ko‘ramiz, - dedi Mikel Arteta ESPN nashri vakillariga.

17-turdan keyin “Arsenal” 39 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Manchester Siti” esa, ulardan ikki ochko kam jamg‘arib, keyingi pog‘onada joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!