Biz ortiq Shomurodovni ushlab qololmaymiz!

  • 2 iyun, 2021, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yozgi transferlar arafasida mavsumda o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilar atrofida transfer xabarlari ko‘p bo‘lishi tabiiy hol. Kuni kecha, Eldor Shomurodovga “Milan” qiziqayotgani va ushbu jamoa muxlislarining bu xabarga munosabatini e’lon qilgan edik.

Italiyaning eng qadimi klubining eng talabchan muxlislari – genuyalik ishqibozlar ham Shomurodov transferini muhokama qilmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, ularning aksariyati o‘zbek legionerining ketishi “Jenoa” uchun katta yo‘qotish bo‘lsa-da,  Eldor o‘ziga beriladigan imkoniyatdan foylanib, grand klubga o‘tishi kerakligini ta’kidlamoqda.    

160217044_4384410511569835_3595636089533338654_o

E’tiboringizga “Jenoa” muxlislarining klubning ijtimoiy tarmoqlarda Shomurodov transferi bo‘yicha bildirayotgan eng sara fikrlarini havola etamiz.

Andrea Ugolini:

Endi o‘zini ko‘rsata boshlagan Eldor Shomurodovning darrov top-klubga o‘tib ketishidan afsusdaman. Lekin “Milan” Eldor uchun juda zo‘r imkoniyat! Bu katta pullar, Chempionlar ligasi va butun dunyo muxlislarining e’tiborini bildiradi.

Mauro Angelini:

“Jenoa”da iste’dodli o‘yinchi paydo bo‘lsa, mening jahlim chiqadi. Chunki, ertami kechmi uni boshqa klubga olib ketib qolishlarini bilaman. “Jenoa” uchun o‘z etakchilarini sotib yuborish odatiy hol. Bunga Pyontek, Milito, Rovella, Lakshalt va El-Shaarvini misol qilish mumkin. Lekin Eldorga gap yo‘q!

Claudio Sabattini:

Shomurodovning transferidan qancha foyda olishimiz mumkinligi meni juda qiziqtirmoqda...

Attilio Giunchi (Claudio Sabattini fikriga javoban)

Eng muhimi, 35 million evroga sotilgan Pyontekdan farqli ravishda Shomurodov “Milan”da o‘ynab keta olishi kerak. Bu biz uchun o‘ta manfaatli bo‘ladi. O‘zbek futbolchisi ularning tarkibida zo‘r o‘ynasa, “Milan” bizga katta-katta bonuslar to‘lashga majbur bo‘ladi.

188608880_4594841297193421_2590903739272159848_n

Salvatore Carpinteri:

Shomurodovni qo‘yib yuborishga shoshilmasligimiz kerak. U endi ochila boshladi. Agar uni hozir transfer qilsak, bu bizga 10-15 million evro keltiradi. Agar Eldor keyingi mavsumni ham kuchli o‘tkazadigan  bo‘lsa, bir yildan so‘ng, transfer summasi kamida ikki barobar oshadi.

Stella Murru:

“Milan”ga Mario Manjukich va Zlatan Ibrohimovich o‘rniga hujumchi kerak. Biz esa Eldorning transferidan mo‘may daromad olishimiz mumkin.

Vincenzo D'Errico:

Agar “Milan” bu transferni amalga oshirsa, zo‘r o‘yinchi va uzoqdagi Osiyo mamlakatidan o‘n millionlab yangi fanatlarga ega bo‘ladi.

188634336_4594840983860119_908971708713846831_n

Martha Lanata:

Shomurodov “Milan”da o‘z iste’dodini ko‘rsata olmagan Pyontekning taqdirini takrorlamaydi, deb umid qilaman. Eldor bizga o‘zimizning futbolchi bo‘lib qoldi, lekin men u grand klublarda yanada yorqinroq porlashi tarafdoriman!

“Milan”ga Shomurodov kerak!

Shomurodovni yulduzli onlar kutmoqda!

“Jenoa” muxlislari Shomurodovning ketib qolishidan xavotirda!

“Milan”ga Shomurodov kerak!

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
02/06/2021 10:24
Итальянлар жуда хам самимий ва очиккунгил халк! Уларни бари яхши ният билдиришибди.