Bizga Xoland emas, Muhammad Saloh kerak!

  • 17 mart, 2022, 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Erling Xoland transferidan voz kechdi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning AS nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar yozda “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni transfer qilishni rejalashtirgan. Klub xo‘jayinlari misrlik to‘purar “Barselona”ning o‘yin uslubiga ideal tarzda mos tushadi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, afrikalik hujumchi ayni paytda liverpulliklar bilan yangi bitim borasida kelisha olmayapti. U jamoada qolishi ko‘proq klub xo‘jayinlarining qaroriga bog‘liq ekanini ta’kidlagan.

“Liverpul” rahbariyati esa Muhammad Saloh talab qilayotgan maoshni berishga ko‘nmayapti.

Muhammad Saloh joriy mavsumda 35 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 28 marotaba ishg‘ol qildi va o‘nta golli pas oshirdi. Uning amaldagi bitimi bir yildan so‘ng yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
17/03/2022 12:12
Cалох сураган маошни Барса хам хозирча беролмайди