
Boatengning rejalarini o‘zgartirib yuborgan kim?
“Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Flik bosh murabbiy bo‘lishidan oldinroq kelajagim haqida o‘ylay boshlagandim. Hozir o‘zimni qulay his qilyapman va jamoada qolishga ishtiyoqim bor. Butun e’tiborim “Bavariya”ga va mavsumning qolgan qismiga qaratilgan.
Menga murabbiy hamda rahbariyatning ishonchi kerak edi va u qaytdi. Flik tayinlanishidan oldin ham men yaxshi shug‘ullanar edim, ammo o‘zimni ko‘rsatishim uchun imkon berilmasdi. Shu sababli men jamoa ritmiga qo‘shila olmadim. Flik boshidanoq men uning rejalarida bor ekanimni aytdi. Endi yana futboldan zavq olyapman”, - deydi Boateng.
Fikrlar