Bobir Abdixoliqov "Ordabasi"ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi!

  • 08.10.2023 13:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Qozog‘istonning "Ordabasi" klubida harakat qilayotgan legionerimiz Bobir Abdixoliqov jamoasida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan mazkur sovrin uchun kurashda Abdixoliqov jamoadoshlari Sergey Maly, Temirlan Erlanov, Evgeniy Makarenko, Maksim Fedin va Artem Besedinlarni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli hujumchi joriy mavsum chempionat doirasi 24 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!