Bobir Abduxoliqov "Rux" safida bronza medalini qo‘lga kiritdi (video)

CHERY AUTO

Bugun Ukraina U21 chempionatida 25-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bobir Abduxoliqov faoliyat olib boradigan "Rux" jamoasi o‘z maydonida "Olimpik" Donetsk klubini qabul qildi va 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 88-daqiqada zaxiraga olindi. Bunga qadar u jamoasi foydasiga penalti "ishlagan" va hakam tomonidan ogohlantirilgan edi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng "sariq-qoralar" hisobidagi ochkolar soni 51 taga etdi va jamoa chempionat yakuniga bir tur qolganida bronza medallarini naqd qildi. So‘nggi tur oldidan 2-o‘rindagi "Shaxtyor" bilan oradagi farq 8 tani, 4-pog‘onadagi "Oleksandriya" bilan tafovvut esa 4 ochkoni tashkil qildi.

photo_2021-05-05_20-12-37

Shu tariqa, "Rux" 2020/21 yilgi mavsum Ukraina U21 Birinchiligining bronza medallariga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!