
Bobur Qurbonov tojikistonlik engilmas jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi!
Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchilaridan biri Bobur Kurbonov 20 yanvar kuni "UAE Warrior 46" turnirida jang qilishi mumkin.
U tojikistonlik Samandar Murodovga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda. Jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg) da bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Bobur Kurbonovning rekordi 13-5, Samandar Murodovniki esa 9-0 ko‘rinish olgan.
Fikrlar