
Boks. Bu yilgi Osiyo chempionatiga kim mezbonlik qilishi aniq bo‘ldi
Shu yilning 30 oktyabr - 13 noyabr kunlari kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Bu haqida Osiyo boks konfederatsiyasi xabar berdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida tashkil etiladigan mazkur qit’a birinchiligiga Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, 27 noyabr - 4 dekabr kunlari maktab yoshidagi bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi va ushbu musobaqa mezbonligi Iroqning Sulaymoniya shahriga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2021 yilning may oyida BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan va unda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar