Boks: Final jangi oldidan Shahzod Muzaffarov vazn o‘lchash va nigohlar to‘qnashuvida ishtirok etdi (Video)
Polshada davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining hal qiluvchi janglari ham boshlanib ulgurgan. Kecha, qizlarimiz bitta oltin, bitta kumush hamda 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Bugun o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final janglarida ikki vakilimiz ham ringga ko‘tariladi. Jumladan, -52 kg vazn toifasi vakili Shahzod Muzaffarov rossiyalik Evgeniy Jorovga qarshi g‘oliblik uchun bahs yuritsa, +91 kg vaznda Jahongir Zokirov Armaniston vakili Xovanes Papazyan bilan jang qiladi.
Ushbu final janglari oldidan o‘ziga xos vazn o‘lchash va ko‘z urushtirish marosimi tashkil etilmoqda.
Quyida ushbu jarayonni tomosha qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Bugun 6 nafar bokschimiz "Gubernator kubogi" final bosqichiga chiqish uchun jang qiladi
Bugun ikki bokschimiz jahon chempionati finalida jang qiladi



Fikrlar