Boks. Hamyurtimiz kamar uchun jang qiladi!

  • 22.01.2025 15:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

31 yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida boks bo‘yicha "IBA Champions' Night" turniri bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, ushbu oqshomda yurtdoshimiz Saidjamshid Jafarov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Charm qo‘lqop ustamizga rossiyalik Dmitriy Zaxarov raqiblik qilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 6 raund etib belgilangan bahs 71 kg vazn toifasidagi IBA Pro European Champion kamari uchun kechadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!