Boks. Hamyurtimizni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmayapti

  • 01.02.2025 00:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Ayni paytda Rossiyaning Moskva shahrida boks oqshomi – "IBA Champion's Night" bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ham ishtirok etib, mezbonlar vakili Dmitriy Zaxarovga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 6 raund davom etgan bahsda charm qo‘lqop ustamiz ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, 71 kg da "IBA Europen Champion" kamarini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, mazkur to‘qnashuv hamyurtimizning professional boksdagi ikkinchi jangi edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!