
Boks. Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempionati finaliga chiqdi
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun o‘zbekistonlik sportchilarning uchinchisi oltin medal uchun katta qadam tashladi. -51 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov yarim finalda mo‘g‘ulistonlik Enxmandax Xarxudan ustun keldi.
Endi u chempionlik uchun Qozog‘iston vakili Saken Bibosinov bilan bellashadi.
Fikrlar