Boks. Jahon chempionati. Bokschilarimiz bugun qaysi paytlarda ringga ko‘tarilishadi?
Xabaringiz bor ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun 6 nafar hamyurtimiz chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi. Quyida ushbu janglarning boshlanish vaqtlari bilan tanishib olishingiz mumkin:
15.40 | -52 kg: Azat Usenaliev (Qirg‘iziston) – Shahobidin Zoirov
17.40 | -91 kg: Sanjit Sanjit (Hindiston) – Sanjar Tursunov
19.25 | -57 kg: Mohamed Hamut (Marokash) – Mirazizbek Mirzahalilov
20.00 | -69 kg: Delante Jonson (AQSh) – Bobo-Usmon Baturov
21.25 | -81 kg: Paul Andrei (Ruminiya) – Dilshodbek Ro‘zmetov
22.40 | +91 kg: Tsotne Rogava (Ukraina) –Bahodir Jalolov

Fikrlar