Boks. Jahon chempionati yarim finalida ringga chiqadigan bokschilarimiz 10 taga etdi!

  • 23 noyabr, 2022, 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar bokschisi Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi.

Kecha 4 nafar vakilimiz chorak final janglarini o‘tkazdi va quyidagi natijalarni qayd etdi:

-80 kg vaznli bokschimiz Rahmatillo Boymatov chorak finalda gretsiyalik raqibga qarshi ringga ko‘tarildi va qiyin jangda g‘alabaga erishdi - 4:1!

- Sahobat Husanova (-75 kg) 2-raundda ekvadorlik raqibasini texnik nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi!

-57 kg vazn toifasida Baxtiyor Asadov Marokash vakilini mag‘lub etdi! 

-71 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboev turkiyalik raqibidan ustun keldi va g‘alaba qozondi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!