
Boks. Jahon chempionatining 2-kunida 2 nafar vakilimiz g‘alaba qozondi!
Hindistonda o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida navbatdagi kun bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Jumladan, -48 kg vazn toifasida jang qilgan Farzona Fozilova italiyalik Roberta Bonatti ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shuningdek, -54 kg vaz toifasida ringga ko‘tarilgan Nigina O‘ktamova ham ilk jangida g‘alaba qozondi. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni birinchi bosqichda meksikalik Karolina Fernandez ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
Fikrlar