Boks: Jahon chempionatining eng ko‘p yarim finalchisi qaysi mamlakatdan?

  • 19 sentabr, 2019, 02:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 5
  • Boks
CHERY AUTO

Ekaterinburgda boks bo‘yicha jahon chempionati eng qizg‘in pallasiga etib keldi. Bundan buyog‘iga bir-biridan keskin janglarning guvohi bo‘lishimiz aniq. Bugungi o‘tkazilgan janglardan so‘ng, yarim finalga besh nafar bokschimiz yo‘l oldi. Bular, Shahobiddin Zoirov 52 kg, Miraziz Mirzahalilov 57 kg, Bobousmon Boturov 69 kg, Dilshodbek Ro‘zmetov 75 kg va Bahodir Jalolov +91. Bu borada terma jamoamiz ikkinchi o‘rinni qayd etmoqda. Bu bosqichga eng ko‘p qozog‘istonlik charmqo‘lqop ustalari etib kelishgan. Yon qo‘shnilarimizning olti nafar vakili, Saken Bibosinov 52 kg, Abilayxan Jusupov 69 kg, Tursunboy Qulaxmet 75 kg, Bekzat Nurdauletov 81 kg, Vasiliy Levit 91 kg, Qamshibek Ko‘nkabaev +91 kgda yarim finalga yo‘l oldilar. Shuningdek, Buyuk Britaniyadan to‘rt nafar, Rossiya va Kubadan uch, Hindistondan ikki, Braziliya, Filippin, Armaniston, Avstraliya, Bolgariya, Mo‘g‘uliston, AQSh, Frantsiya va Ekvadordan bir nafar bokschilar o‘z yurishini davom ettirishmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherbek Osginov
19/09/2019 09:39
O'zbeklar birinchi bo'ladi xudo xoxlasa
&
Фан
19/09/2019 08:23
Финалда худо хохласа энг куп вакил Узбекистондан булади деб умид киламиз.
Ярим финалда хам худди чорак финалдаги каби натижаларини кутиб коламиз.

МУШТУМЗУРЛАРИМИЗГА ОМАД !!!
&
BBS UZB
19/09/2019 11:06
Bahodirga gap yo'q, zo'r jang qildi
&
TFT
19/09/2019 08:33
Финалда Узб.-Коз.боксчиларини курамиз худо хохласа.
&
Стас Михайлов
19/09/2019 03:58
Андижон бокс мактабидан хеч ким йук чота тушунмадим