
Boks: Kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining ikki finali o‘tkazilmaydi
Bir necha daqiqalardan so‘ng, boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati final bahslari boshlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 ta vazn toifasidagi hal qiluvchi janglarning ikkitasi o‘tkazilmasligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni -49 kg da Abrorbek Abdusalom (Andijon) hamda Umarqul Ermatov (Jizzax) va -64 kgda Elnur Abduraimov (Tosh.vil.) va Mujbillo Tursunovlar (Andijon) o‘rtasidagi qrama-qarshilik har ikki andijonlik bokschilarning jarohati sababli tibbiyot xodimlari tomonidan ruxsat berilmagan.
Fikrlar