Boks. Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunladik!

  • 12.11.2022 15:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek, ayni damda Ammanda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatining so‘nggi kungi janglari bo‘lib o‘tmoqda.  Bugun 7 nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun jang o‘tkazadi.

Quyida hamyurtlarimiz ishtirokidagi jang natijalarini bevosita matnli onlayn tarzida kuzatib borishingiz mumkin:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov Saken Bibosinov (Qozog‘iston) ustidan g‘alaba qozondi.

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Serik Temirjanov (Qozog‘iston) - Yana bir qozog‘istonlik jangchi bilan to‘qnashuvda yurtdoshimiz g‘alaba qozondi va Osiyo chempioni bo‘ldi.

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Shiva Tapa (Hindiston) - Ruslan ham hindistonlik raqibi bilan jangni o‘z hisobiga hal qildi va Osiyo chempioniga aylandi. UChINChI OLTIN!

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Nurkanat Rayis (Qozog‘iston) - Saidjamshidning to‘liq ustunligida o‘tgan bahsda u raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan g‘alaba qozondi va Osiyo chempioniga aylandi. TO‘RTINChI OLTIN!

-80 kg: Odiljon Aslonov - Huseyn Iashish (Iordaniya) - Hamyurtimiz iordaniyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Dastlabki kumush!

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Aybek Oralbay (Qozog‘iston) - Madiyar ham qozog‘istonlik raqibiga yutqazdi. Ikkinchi kumush...

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Kamshibek Konkabaev (Qozog‘iston) - Lazizbek Mullajonov Kamshibek Konkabaev ustidan g‘alaba qozondi va terma jamoamiz hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abrorm
12/11/2022 20:48
Yashavor oʻzbek oʻgʻlonlari raxmat!