12-26 mart kunlari Qozog‘istonning Shimkent viloyatida joylashgan “Alma-Tau” sport bazasi xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qiladi. Bugun bokschilarimiz qo‘shni davlatga yetib bordilar. U yerda vakillarimiz mezbonlar bilan birgalikda, yana bir nechta xorij mamlakat sportchilari bilan yig‘inga kirishadi. Ushbu mashg‘ulotlar oldinda turgan muhim musobaqalar, jumladan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, Braziliyada bo‘lib o‘tadigan World Boxing kubogi bahslari kabi turnirlar uchun tayyorlov vazifasini ham o‘tab beradi.

Tarkibimiz bilan tanishing:

Jalilov Asilbek
Hatamov Sardorbek
Melik‘o‘ziev Shodiyorjon
Olimov Samandar
Tastanov Sobirjon
Muzaffarov Shaxzod
Do‘smatov Faryozbek
Abdunazarov Abdulaziz
Xalokov Abdumalik
Maxmudjonov Abdurahmon
Abdumurodov Dilshod
Madaminov Abdulloh
Muxitdinov Atxam
Mo‘ydinxo‘jaev Asadxo‘ja
Boltaev Shavkatjon
Abdurahimov Javohir
Xabibullaev Samandar
Asadullaev Havasbek
Erkinboev Fazliddin
Abdullaev Norbek
Ummataliev Javohir
Yo‘ldoshev Jasurbek
Isroilov Akmaljon
Sobirov Samir
Abdulhamidov Abdulaziz
Xabibullaev To‘rabek
Mamasoliev Halimjon
Maxanov Arman
Aliev Ozodbek

Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev.

Murabbiylar: Xuan Enrique Steyners Tissert, Rahmatjon Ro‘zio‘hunov, Akmal Hasanov, Alimardon Dostanov, Ramzjon Ahmedov, Sherzod Ahmadjonov, Ruslan Telimbaev, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov.

Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!